Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarini Odessa va Xarkov viloyatlarini tark etishga chaqirdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 21
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-03-2024, 07:34
“Ukrainaning Odessa va Xarkov viloyatlarida kuchayib borayotgan keskinlik va beqaror vaziyat munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi Qozog‘iston fuqarolariga ushbu hududlarni tark etish haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi”, deyiladi diplomatik missiyaning Telegram kanalida e’lon qilingan xabarda.
Elchixona qozog‘istonliklarga Ukrainadan Qozog‘istonga ikki quruqlik yo‘nalishi bo‘yicha Polsha yoki Moldova orqali, keyin esa tijorat havo qatnovi orqali borishni maslahat berdi.
Diplomatik missiyaning eslatishicha, Qozog‘iston fuqarolari Polsha orqali ketayotganda Shengen vizasi bo‘lishi kerak. Elchixona, shuningdek, vatandoshlarini havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirmaslikka va bunday vaziyatda darhol xavfsiz joyga kirib olishga chaqirdi.