«Ayiqlar» Afrikani tark etib, Kurskka ketmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 12:42

Ayiqlar ko‘ngillilar brigadasining rossiyalik yollanma askarlari Afrikaning Burkina-Faso davlatini tark etmoqda. Bu haqda Fransiyaning Le Monde gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ularning Afrikani tark etishiga Ukraina Qurolli kuchlarining 6 avgustdan beri davom etayotgan hujumlari fonida Kursk viloyatiga o‘tkazilgani sabab bo‘lgan. Taxminan 100 kishidan iborat brigada may oyida Burkina-Faso poytaxti Uagaduguga «bir qator muhim shaxslar, jumladan, kapitan Ibrohim Traore»ning xavfsizligini ta’minlash uchun kelgan.

Brigada komandiri, «Jedi» chaqiruv belgisi bilan tanilgan Viktor Ermolayev Le Monde jurnalistlari bilan suhbatda «Ayiqlar» Burkina-Fasodan olib chiqilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati