Urganchlik ota farzandlari uchun 110 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 12:22
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 2020 yil 26 avgust kunidagi qaroriga asosan qarzdor N.A.dan undiruvchi F.X.ning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan.

Mustaqillik bayrami arafasida farzandlarining kelajagi uchun ularni moddiy qo‘llab-quvvatlashni niyat qilgan ota farzandlarining moddiy ta’minoti uchun undiruvchi bilan o‘zaro kelishgan holda 110 mln. so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati