Maktablarda Huquqiy sinflar tashkil etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 11:34
Vazirlar Mahkamasining "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab:

maktablarda "Huquqiy sinf" tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda "maktab – lisey – texnikum – universitet" tizimi joriy etiladi; Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik liseylariga qabul boshlanadi.

"Huquqiy sinf"ni tashkil etishning asosiy vazifalari:

Maktablarda "Huquq" fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida "Huquqshunos bilimdon" olimpiadasi va "Huquq" fani o‘qituvchilari o‘rtasida "Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.
Bunda, o‘quvchilarning huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalar, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalardan foydalaniladi.
"Huquqiy sinf"ga "Davlat va huquq asoslari" faniga qiziqqan 8-sinf o‘quvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.
"Maktab – lisey – texnikum – OTM" uzluksiz ta’lim tizimi bo‘yicha akademik liseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (ikki yillik o‘qish davrida har o‘quv yilining yakuniy baholari "a’lo" va "yaxshi" bo‘lgan) bitiruvchilar 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (to‘lov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.
Hujjat bilan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunga itoatkorlik ruhini tarbiyalash va jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati