Joriy yilda Yaponiyada 40 mingga yaqin odam o‘z uylarida yolg‘izlikda vafot etgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 10:32
Joriy yilda Yaponiyada 40 mingga yaqin odam o‘z uylarida yolg‘izlikda vafot etgan. Ularning aksariyati keksalardir.

BBC Yaponiya polisiyasi hisobotiga tayanib yozishicha, kamida to‘rt ming kishining jasadi ularning o‘limidan bir oy yoki undan ko‘proq vaqt o‘tib topilgan. Yolg‘iz o‘lganlarning 130 nafari vafotidan bir yil o‘tib aniqlangan. Ularning ko‘pchiligi (70%) 65 yosh va undan kattalar.

Avvalroq Yaponiya Milliy Aholi va ijtimoiy xavfsizlik tadqiqotlari instituti 2050 yilga borib 10,8 millionga yaqin yaponiyalik keksa yolg‘iz yashashini ma’lum qilgan edi. O‘sha vaqtga kelib Yaponiyadagi yolg‘izlarning umumiy soni 23,3 millionga yetishi kutilmoqda.

Joriy yilning aprel oyida Yaponiya hukumati yolg‘izlik va izolyasiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qonunchilikni joriy qildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati