Ta: Barcha qiyinchiliklarni yengib o‘taman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 10:30
Jonatan Ta Leverkuzenning "Bayer" klubida qolishini ma’lum qildi.

Joriy yozda "Bavariya" va "Barselona" klublari qiziqish bildirayotgan 28 yoshli himoyachi Instagram sahifasida Leverkuzenlik muxlislarga murojaat qildi.

“So‘nggi paytlarda men va kelajagim haqida ko‘p mish-mishlar bo‘lmoqda. Ba’zi ma’lumotlar har doim ham to‘g‘ri taqdim etilmagan, vaqt o‘tishi bilan men bu haqda batafsilroq to‘xtalib o‘taman.

To‘g‘ri, men o‘zimning transfer variantlarimni ko‘rib chiqdim, lekin ishonchim komilki, bu mavsumda jamoamiz, murabbiylar shtabi va siz, muxlislar bilan birga keladigan barcha qiyinchiliklarni yengib o‘taman.

Ishonchim komilki, bizda yana chinakam kuchli jamoa bor va barcha musobaqalarda o‘zimizni ko‘rsata olamiz.

Sizga va’da beramanki, bu mavsumda, avvalgi 9 yildagidek, muvaffaqiyatga erishishimiz uchun hamma narsani beraman!" - deb yozdi "Bayer" himoyachisi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati