ECHL 1/4 final o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:00
UYEFA Chempionlar ligasining 1/4 finali uchun o‘yinlar taqvimini e’lon qildi.

Musobaqaning navbatdagi bosqichi 9 aprel kuni “Arsenal” – “Bavariya” hamda “Real” – “Manchester Siti” uchrashuvlari bilan start oladi. Bu ikki juftlikning javob o‘yinlari sakkiz kundan keyin, 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

10 aprel kuni "PSJ" "Barselona"ni, "Atletiko" esa Dortmundning "Borussiya"sini qabul qiladi. Jamoalarning javob o‘yinlari olti kundan keyin, 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

"Atletiko" 10 aprel kuni Ispaniya poytaxtida o‘ynagani uchun "Real" xavfsizlik nuqtai nazaridan bir kun avval "Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkaza olmasligi va uni Manchesterga ko‘chirish kerakligi haqida xavotirlar bor edi. Biroq UYEFA bu mulohazalarni inobatga olmadi va qur’ada belgilangan tartibni tasdiqladi.

Yarim final o‘yinlarining aniq sanalari hali aniqlanmagan, ular 18 aprel kuni e’lon qilinadi. "Arsenal" - "Bavariya" juftligi g‘olibi "Real Madrid" - "Manchester Siti" juftligi g‘olibi bilan, "PSJ" yoki "Barselona" esa "Atletiko Madrid" - "Borussiya" uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati