Paralimpiada-2024ʼning uchinchi kunida 14 nafar para sportchimiz kurashlarga kirishadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 10:02
Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ikki kunlik musobaqalari ortda qoldi.

Kecha, 30 avgust kuni o‘tkazilgan musobaqalarda dunyoning eng kuchli para sportchilari para yengil atletika, para stol tennisi, para-trek velosport, para-kamondan otish, para-otish, para-taekvondo va para-suzish bellashuvlarida Paralimpiya o‘yinlarining sovrindorlari aniqlandi.



Xabar berganimizdek, kechagi musobaqalarda para yengil atletika bellashuvlarining ayollar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash bahslarida Asila Mirzayova, erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturida Qudratullaxon Maʼrufxo‘jayev oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Yadro uloqtirishda Tolibboy Yo‘ldoshev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu esa O‘zbekistonning matonatli para sport delegasiyasining to‘rt yillikdagi medallar sonini 2 tadan oltin, kumush va bronzaga yetkazdi.



Ikki kunlik bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, Xitoy terma jamoasi 12 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza, jami 25 ta medalni qo‘lga kiritgan holda yetakchiga aylangan bo‘lsa, mamlakatimizning matonatli sportchilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga musharraf bo‘ldi va sovrindorlikka ega chiqqan 48 davlatdan biriga aylandi.

Paralimpiya o‘yinlarining uchinchi kungi musobaqalari ostonasida 48 davlatning sportchilari u yoki bu darajadagi medallarga ega bo‘lgan bo‘lsa, 134 ta davlatdan milliy terma jamoalar hozircha birorta ham medalni qo‘lga kirita olmadi.
31 avgust kuni Parijda 2024 yilgi Paralimpiya o‘yinlari sovrinlari para atletika, para stol tennisi, para-trek velosport, para-kamondan otish, para-otish, para-taekvondo va para-suzish bo‘yicha topshiriladi.
Bugun, 31 avgust kuni Paralimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida 15 ta sport turida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Shundan 7 tasida para sportchilari o‘yinlarning 71 ta medallar jamlanmasi uchun kurashlarga kirishadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati