Anchelotti Mbappening moslashuvi haqidagi savolga javob berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 08:58
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Kilian Mbappening Madrid klubiga moslashishi va o‘yini haqida fikr bildirdi.

- Mbappe hali ham moslashayaptimi?

- Ha, u rivojlanmoqda. U kamtarlik bilan ishlaydi va buni yaxshi bajaradi. Uning moslashuvi yaxshi ketmoqda.

- U o‘zini qanday his qilmoqda? Uning golsiz seriyasi uni bezovta qilyaptimi?

– U oxirgi marta 14 avgust kuni “Atalanta”ga qarshi o‘yinda gol urgan edi. Unga endigina ikki hafta o‘tdi. Hozir tashvishlanadigan vaqt emas. Na biz, na u. U gol urishni xohlaydi, bu aniq. Va u buni amalga oshiradi", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi AS.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati