HAMAS Isroilni ayblamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 06:34
Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi a’zosi Muhammad Nazzal Isroil tomoni G‘azo sektorida sulh o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni boshi berk ko‘chaga olib chiqqanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Al Jazeera telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Dohadagi uchrashuv o‘zaro tushunishga olib kelmadi.

“Natijada maslahatlashuvlar Isroilning murosasiz pozisiyasi tufayli boshi berk ko‘chaga yetdi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Nazzal "G‘azodagi harbiy kuchayishi isroillik garovga olinganlarni qaytarishga yordam bermasligini" ta’kidladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati