Jahon chempionatida ishtirok etgan har ikki dzyudochimiz sovrindor bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 08:32
Peru davlati poytaxti Lima shahrida o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyo birinchiligida 4 qit’aning 49 davlatidan jami 405 (223 o‘smir, 182 qiz) nafar dzyudochi medallar yo‘lida tatamiga chiqyapti.

Ushbu jahon chempionatida yurtimiz sharafini Tohir Fayziyev murabbiyligidagi iste’dodli dzyudochilarimizdan Inoyat Telmanov (-66 kg) va Inomjon Bahodirov (-73 kg) himoya qildi.

Ikkinchi kungi bellashuvlarda Inoyat Telmanov jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bizning vaqt bilan bugun tong saharda Inomjon Bahodirov ham sovrindorlar safidan joy oldi. U bronza medali yo‘lidagi o‘tish bahsida braziliyalik Silas Kostani mag‘lub etdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa litvalik Raka Norbertasdan ustun keldi.

Shu tariqa, har ikki iste’dodli dzyudochimiz okean ortidan O‘zbekistonga jahon chempionatining bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi. Albatta, o‘smirlarimizning bu ikki medali Mustaqilligimizning 33 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati