Fenerbaxche Mourinyo boshqaruvidagi ketma-ket ikkinchi o‘yinni yirik g‘alaba bilan yakunladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 07:48
"Fenerbaxche" Turkiya chempionatida ketma-ket 2 uchrashuvda umumiy 8:0 hisobida zafar quchdi.

Kecha Joze Mourinyo shogirdlari o‘z maydonida “Alanyaspor”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Jamoa Turkiya chempionatining avvalgi turida mehmonda “Rizespor”ni 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Shuningdek, Turkiya Superligasida yangi mavsum boshidan buyon “Fenerbahche” “Adana Demirspor”ni mag‘lub etdi (1:0), “Goztepe” bilan durang o‘ynadi (2:2).

Barcha turnirlarda o‘tkazilgan 8 uchrashuvda istanbulliklar 1 marta mag‘lubiyatga uchragan - Chempionlar ligasining 3-saralash bosqichida "Lill"dan (1:2).

Portugaliyalik mutaxassis shu yilning yozida turk klubini qabul qilib olgan edi. U yanvar oyida "Roma"dan iste’foga chiqarilgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati