Aleksandr Xomyakov: «Kelinglar, xursandchilik qilaylik»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 06:14
Yarim final o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida «Andijon» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.— Ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Hozir hissiyotlaringiz qanday?— Albatta, ajoyib. Bunday g‘alabadan keyin barchasi yoqimli. Kelinglar, xursandchilik qilaylik. Barcha muxlislarni, jamoamni, hamma-hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Darhaqiqat, bu tarixiy g‘alaba bo‘ldi. Hozir biror joyida o‘xshadi yoki o‘xshamadi, deyish qiyin. Eng asosiysi, biz g‘alaba qozondik. Hozir o‘yin haqida to‘liq tahlil qilmaylikda, xursandchilik qilishni davom ettiraylik. Yigitlarga katta rahmat. Ular o‘yinni tashlab yuborishmadi, oxirigacha kurashishdi. Omad biz tomonda bo‘ldi. — Bir necha kun avval chempionatda jamoangiz «Surxon»ga yutqazgandi. Bu safar ancha jiddiy qarshilik ko‘rsatdinglar. Shundan keyin raqibni yaxshi o‘rganganmidingiz? Buning siri nimada?— Hamma sirni ochishim kerakmi (kuladi)? Raqibni o‘rganib chiqqandik. Ular ham bizning kuchli va kuchsiz jihatlarimizni tahlil qilib chiqishgan. Qo‘limizdan kelganicha bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Bunday uchrashuvlarda asosiy vaqtda durang bo‘lsa, kimdir jismonan va ruhan yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, o‘yinda yutib ketadi. Ikkala jamoa ham bir-birini yaxshi o‘rgangani ko‘rinib turdi. O‘yin davomida gol o‘tkazib yubormadik. Raqib bizni yaxshi o‘rgangan ekan. Ular ham finalda o‘ynashga loyiq edi, deb o‘ylayman. Qaysidir jihatlarda o‘yinimiz o‘xshamadi, qaysidir paytlarda o‘xshadi. Bizga omad kulib boqdi. — Samiyev penaltidan gol ura olmaganida qanday hissiyotlar bo‘ldi?— Qanday hissiyot bo‘lishi mumkin? Penalti bu lotereya. U gol urishi kerak edi. U yerdagi vaziyat haqida fikr bildirish qiyin. Albatta, javobgarlik va mas’uliyat bor. Qaytanga, bunday pallada darvozabonga oson. Chunki to‘pni tepadigan futbolchida mas’uliyat juda yuqori bo‘ladi. U qadar hissiyotga berilmadim. Yana vaqtimiz va imkoniyatimiz borligi uchun ishonch bilan kutib turgandim. Bitta penaltidan foydalana olmaganimiz bilan yutqazmasligimizni va imkoniyatimiz borligini bilardim. G‘alabaga ishongandim. — Bektemir Abdumannonov birinchi davradan keyin negadir oldingidek yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti. Bugun ham zaxiraga olinayotganida norozi kayfiyatda bo‘ldi...— Ko‘rib turibsiz, jamoa o‘yini inqiroz holatida edi. Chempionatdagi ketma-ket 4 ta mag‘lubiyat ham futbolchilarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Ha, qanotlardagi futbolchilarimizning o‘yini to‘liq o‘xshamayapti. Bu to‘g‘ri. Hujumlar va qarshi hujumlar va qanotlardan o‘yin tashkil qilishimizda muammolarimiz borligini va birinchi davraga nisbatan yaxshi emasligini bilib turibmiz va ularni bartaraf qilishga harakat qilyapmiz. Kubok finaliga chiqqanimizdan keyin endi biroz tanaffus bo‘ladi. Chempionat boshlangunicha o‘zimizga kelib olib, kamchiliklarimizni hal qilishga harakat qilamiz.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati