Fevzi Davletov: «Mag‘lubiyatga loyiq emasdik»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 06:10
O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan «Andijon» - «Surxon» uchrashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.— O‘yin haqida.— Uchrashuv davomida o‘yin nazorati biz tomonimizda bo‘ldi. Maydon holati og‘ir edi, biroq shunday bo‘lsa ham biz vaziyatlar yaratishga intildik. Birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham yetarlicha imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Masalan Asilbek Jumayevning vaziyati biz uchun ijobiy tugaganida balki g‘alaba qozonib ketishimiz ham mumkin edi. Penaltilar seriyasi bu - lotereya, omad kim tomonda bo‘lsa, o‘sha g‘olib chiqadi.— Penaltilar seriyasi uchun darvozabonni siz tanladingizmi?— Ha, ikki kun mashg‘ulotlar davomida ehtimoliy penaltilar seriyasi bo‘yicha ham ishladik. Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchiga imkoniyat beramiz.— «Navbahor» bilan o‘yindan farqli ravishda bugun rotasiyalarni amalga oshirdingiz. Buning sababi nimada?— Biz dastlab «Paxtakor» va keyin «Navbahor» bilan o‘ynadik. Charchoqlar bo‘lishi tabiiy. Poziciyalar bo‘yicha turli futbolchilarni sinovdan o‘tkazayapmiz. «Navbahor»ga qarshi o‘yinda u qadar yorqin o‘ynamagandik. Bugungi uchrashuvda esa mag‘lubiyatga haqli emasdik deb o‘ylayman. Shunaqasi ham bo‘lib turadi— Kubok finalida «Andijon» va «Navbahor» o‘ynaydi, vodiy derbisi. Bu uchrashuv haqida fikringiz?— Kuchlisi g‘alaba qozonsin.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati