Bayram kunlari soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 23:26
Bayram kunlari soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 30 avgust soat 22:00dan 3-sentyabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Bu veb-resurslar faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Profilaktika davomida soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi.

Bundan tashqari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bayram kunlari my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish mumkinliglini ma’lum qildi.

Fuqarolarga 31 avgust, 1−3 sentyabr kunlari elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, portal imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati