Real Devisning vakillari bilan uchrashmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 05:34
"Real Madrid" yiliga 12-13 million yevro ishlab olmoqchi bo‘lgan "Bavariya"ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisning vakillari bilan uchrashishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubi 23 yoshli kanadalik futbolchini bunday maosh bilan ta’minlashga tayyor emas, ammo jurnalist Fabrisio Romanoga xabariga ko‘rs, bu masala "qirollik klubi" uchun muammo tug‘dirmaydi.

"Bavariya" yaqinda Devisga yangi shartnoma taklif qildi. Chap qanot himoyachisi hozircha javob qaytargani yo‘q, ammo "Real Madrid" futbolchini shartnoma imzolamaslikka ko‘ndirmoqchi. Yozda "Bavariya" futbolchini sotishi mumkin, chunki uning shartnomasi tugashiga bir yil qoladi.

Joriy mavsumda Alfonso Germaniya chempionatida bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati