Osimxen 8 million yevrolik taklifga rozi bo‘lmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 23:00
"Chelsi" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Londonliklar futbolchiga yiliga 8 million yevro maosh taklif qilishgan, ammo nigeriyalik hujumchi bunga rozi bo‘lmagan.

"Chelsi" vakillari Neapolga uchib ketishdi va muzokaralarni davom ettirib, Osimxenni ishontirishga harakat qilishmoqda. Avvalroq "Napoli" forvardni "Al-Ahli”"ga 75-90 million yevro evaziga transfer qilishga rozi bo‘lgani, biroq Viktor Osimxen bundan mamnun emasligi haqida xabar berilgandi. U Angliyada o‘ynashni xohlaydi.

25 yoshli futbolchining shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Viktor Osimxen 32 uchrashuvda qatnashib, 17 gol urgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati