Superliga. Andijon - Nasaf bahsi prevyusi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 05:22
“Andijon” – “Nasaf” jamoalarining o‘zaro o‘yinlar tarixi 1997 yilning 30 martidan boshlangan. Oradan 27 yil o‘tib, 30 mart sanasida yana ushbu klublar o‘zaro 45-o‘yinda maydonga tushishadi. Ilk bellashuvda darvozalar daxlsiz qolgan – 0:0.

“Andijon” “Nasaf” ustidan birinchi g‘alabasini 1998 yilning 28 sentyabr kuni nishonlagan. Oltinko‘ldagi stadionda o‘tkazilgan bahsda andijonliklar 6:0 hisobida raqibini tor-mor keltirishgan. Umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha “Nasaf” oldinda. Shu kungacha o‘tkazilgan 44 ta uchrashuvning faqat 7 tasida “Andijon”ning qo‘li baland kelgan. “Nasaf” esa 27 ta o‘yinda g‘olib chiqqan. 10 ta bahs durang natija bilan yakun topgan. To‘plar nisbati 49-94 “Nasaf” foydasiga.

O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan o‘yinlarga kelsak, Qarshidagi uchrashuvda “Andijon” 0:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ikkinchi davrada “Bobur Arena”dagi bahsda esa hisob ochilmagan – 0:0.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati