Hindistonda ikkinchi atom suv osti kemasi foydalanishga topshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 21:58
Hindistonda ikkinchi INS Arighat atom suv osti kemasi foydalanishga topshirildi. India Today’ning yozishicha, modernizasiya qilingan ushbu suv osti kemasi mamlakat harbiy-dengiz imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Qayd etilishicha, INS Arighat 750 kilometr uzoqlikka ucha oladigan K-15 ballistik raketalari bilan qurollantiriladi. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur suv osti kemasi Strategik kuchlar qo‘mondonligi nazorati ostida faoliyat yuritadi.

Hindistonda birinchi atom suv osti kemasi — INS Arihant 2016 yilda foydalanishga topshirilgan edi. Ta’kidlanishicha, hozirda yana ikkita shu turdagi suv osti kemasini qurish ishlari olib borilmoqda.

INS Arighat tezligi suv yuzasida 12-15 uzelga (22-28 km/soat), suv ostida esa 24 uzelgacha (44 km/soat) yetishi mumkin. U to‘rtta uchirish trubasi bilan jihozlangan bo‘lib, 3,5 ming kilometrga ucha oladigan to‘rtta K-4 ballistik raketani yoki parvozi uzoqligi 750 kilometrni tashkil etuvchi 12 ta K-15 ballistik raketalarini tashiy oladi.

K-15 raketalari strategik yadroviy jangovar kallaklar bilan jihozlanishi mumkin va bunga qo‘shimcha ravishda INS Arighat’ga torpedalar ham o‘rnatiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati