Yana uchta Olimpiada qahramonlarimizning unvonlari oshirildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 19:44
Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchilari bo‘lgan Parij olimpiadasi g‘oliblarining harbiy unvonlari oshirildi. Shuningdek, sportchilarning murabbiylari ham taqdirlandi.

30 avgust kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida «Parij-2024» Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov sovrindor bo‘lgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham taqdirladi. Xususan:

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi leytenant Diyora Keldiyorova muddatidan oldin navbatdagi «katta leytenant» harbiy unvoni va «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi kichik serjant Ulug‘bek Rashitov boshlang‘ich ofiserlik «leytenant» harbiy unvoni bilan taqdirlandi;

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi kichik serjant Svetlana Osipovaga boshlang‘ich ofiserlik «leytenant» harbiy unvoni va «To‘maris» ko‘krak nishoni topshirildi;

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
- Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi o‘qituvchi treneri – Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xan Pavel Afanasevich ikki xonali uy bilan;
- 57 kg vazn toifasida boks sporti bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati