Aston Villa o‘z futbolchisini La Liga klubiga ijaraga berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 19:40
Birmingemning "Aston Villa" klubi joriy transfer oynasining yangi futbolchisi, yarim himoyachi Enso Barrenechani "Valensiya"ga ijaraga berdi.

Avvalroq, "villaliklar" yarim himoyachini Turinning "Yuventus" klubidan 8 million yevro evaziga sotib olgandi.

23 yoshli futbolchi yaqinlashib kelayotgan mavsumni "Valensiya"da o‘tkazadi. Shartnoma muddati bir yilga mo‘ljallangan.

Futbolchi 2020 yilda "Yuventus"ga o‘tgan edi. U to‘rt yilni "keksa sinyora" tizimida o‘tkazdi. O‘tgan futbol mavsumida Barrenechea A Seriya autsayderlaridan biri "Frozinone"da o‘ynadi.

Yozda u ijaradan qaytdi va darhol Turinni tark etib, ingliz klubiga yo‘l oldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati