«Roma» navbatdagi kelishuvni yakunlash arafasida

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 19:04
«Roma» Myonxegladbaxning «Borussiya» klubi markaziy yarim himoyachisi Kuadio Koneni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Italiyaning "La Gazette Dello Sport" nashri.

23 yoshli fransiyalik futbolchining transferi borasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. 29 avgustdan buyon Rimda bo‘lib turgan yarim himoyachining agenti «bo‘rilar» bilan futbolchi uchun 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi va unga ko‘ra u mavsumiga 3 million yevro oladi.

Hozirda klublar o‘rtasidagi kelishuvning yakuniy tafsilotlari kelishib olinmoqda. «Borussiya» futbolchi uchun 17 million yevro olishi kerak, yana 2-3 millioni esa bonuslar ko‘rinishida beriladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati