Germaniyadagi mudofaa zavodida portlash yuz berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 17:02
Germaniyada bugun, 30 avgust kuni portlovchi moddalar ishlab chiqariladigan mudofaa zavodida portlash yuz berdi.

"Hodisa Troisdorfda (Shimoliy Reyn-Vestfaliya) yuz berdi va ikki xodim og‘ir jarohat oldi", — deya xabar beradi BILD nashri.

Qayd etilganidek, voqea joyida qutqaruv vertolyotlari, polisiya xodimlari va o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda.

Portlash sabablari hozircha noma’lum. Shu bilan birga, nashrning yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gap Diehl Defense mudofaa korxonasi hududida sodir bo‘lgan voqea haqida ketmoqda.

Kölner Stadt-Anzeiger gazetasiga ko‘ra, bu kompaniyaning Troisdorfda ikkita sho‘’ba korxonasi - Dynitec va DynaEnergetics mavjud.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati