Makron yana Pavel Durov ishi yuzasidan fikr bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 16:58
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyaga kelishidan xabari yo‘qligini va u bilan uchrashishni rejalashtirmaganini aytdi.

Avvalroq Fransiyaning Canard Enchaîné nashri hibsga olish chog‘ida Durov uni Yelisey saroyida kutayotganini, u yerda Makron bilan kechki ovqatlanmoqchi bo‘lganini aytgani haqida xabar bergan edi.

"Janob Durovning Fransiyaga kelganidan mutlaqo bexabar edim... Men hech kimni taklif qilganim to‘g‘ri emas... O‘tgan hafta oxirida ham, keyingi kunlarda ham janob Durov bilan uchrashishim kerak emas edi, Fransiyaga kelishidan bexabar edi", — dedi Makron 29 avgust kuni Belgraddagi matbuot anjumanida.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, u Durovga Fransiya fuqaroligini berganligi uchun “to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi”.

“Biz bu qarorni 2018 yilda qabul qildik va men buni to‘liq asosli deb hisoblayman, taniqli tadbirkorlar, sportchilar va san’atkorlarga fuqarolik berilishini to‘g‘ri deb bilaman”, dedi u.

Durov Rossiya, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Sent-Kits va Nevis fuqaroligiga ega. U 2021 yilda "Fransiya ta’siriga hissa qo‘shadigan" "faxriy xorijlik" sifatida fransuz pasportini oldi.
Avvalroq Makron Durovning hibsga olinishi siyosiy qaror emasligini aytgan edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati