Turkiya maxsus xizmatlari Istanbulda terakt tayyorlayotgan ISHID terrorchisini qo‘lga oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 15:36
Turkiya maxsus xizmatlari Istanbulda terakt tayyorlayotgan ISHID terror tashkiloti a’zosini qo‘lga oldi.

Bu haqda TRT Haber telekanali xabar bermoqda.

Terrorchi Istanbulning Bagjilar tumanidagi o‘z uyida o‘tkazilgan maxsus operasiya natijasida qo‘lga olindi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, u Suriyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, so‘ngra terrorchilik harakati sodir etish maqsadida noqonuniy ravishda Turkiyaga o‘tgan.

Terrorchining uyidagi tintuvlar davomida uning ISHID bilan aloqasi borligini tasdiqlovchi ko‘plab hujjatlar va raqamli axborot vositalari topilgan.

Unga terrorchilik guruhiga a’zolikda ayblov qo‘yilib, qo‘lga olingan shaxs sud qarori bilan hibsga olingan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati