Putin XJS mamlakatiga borishga qaror qildimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 15:26
Kreml Rossiya prezidentining Mo‘g‘ulistonga tashrifini e’lon qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat prezidenti Uxnaagiin Xurelsuxning taklifiga binoan 3 sentyabr kuni Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrif bilan boradi, deya xabar bermoqda Kreml.

Putin Xalxin-Gol daryosida sovet va mo‘g‘ul qo‘shinlarining Yaponiya qurolli kuchlari ustidan qozongan qo‘shma g‘alabasining 85 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilindi. Bu Putinning Gaagada Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutini imzolagan davlatga ilk tashrifi bo‘ladi. O‘tgan yilning mart oyida XJS Rossiya prezidentini ukrainalik bolalarni Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga noqonuniy olib o‘tishda gumon qilib, hibsga olishga order bergan edi. Rasmiy ravishda Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olishi mumkin.

Mo‘g‘ulistonlik sudya o‘tgan yil oxiridan beri XJSda ishlamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati