Zidan Fransiya terma jamoasini hech qachon boshqarmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 15:12
"PSJ"ning sobiq futbolchisi Jan-Mishel Larke "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishiga ishonmayapti.

"Men Zidan hech qachon Fransiya terma jamoasini boshqarmasligiga pul tikishga tayyorman. Bu mening fikrim. Menimcha, uni bu ish qiziqtirmaydi. Shuningdek, Zinedin Didye Deshamdan yaxshiroq ishlashiga ishonchim komil emas. So‘nggi 12 yil davomida "uch ranglilar" eng yuqori darajada o‘yin ko‘rsatmoqda", - dedi Larke RMC Sport bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Desham 2012 yildan buyon terma jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi. 2024 yilgi Yevropa chempionatida Fransiya terma jamoasi yarim finalgacha yetib borgan va u yerda Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati