39 yoshli Ronaldu Portugaliya termasidan chaqiruv oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 14:58
Yozda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatidan so‘ng Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Biroq 39 yoshli yulduz forvard hali xalqaro miqyosdagi o‘yinni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Shu tariqa, Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga sentyabr oyidagi yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatidan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, kelasi oy Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumi doirasida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Roberto Martines shogirdlari Xorvatiya (5 sentyabr) va Shotlandiya (8 sentyabr) termalariga qarshi bahs olib boradi. "Evropa Braziliyasi" uchun ikkala o‘yin ham o‘z maydonida bo‘ladi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati