Romano: Osimxen hali roziligini bermagan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 14:40
Hujumchi Viktor Osimxen yozda “Napoli”dan Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga o‘tishga hali rozi bo‘lmagan. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Shu bilan birga, klublar 25 yoshli nigeriyalikning transferi borasida o‘zaro kelishib olishgan. Qayd etilishicha, Osimxen "Chelsi" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Ya’ni, yuqori maqomga ega bo‘lgan futbolchining Londonga o‘tishini hozircha inkor etib bo‘lmaydi.

Transfermarkt portali mutaxassislari Viktor Osimxenni 100 million yevroga baholamoqda. Forvardning "Napoli" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati