Yevropa ligasiga qur’a tashlash marosimi soat 16:00da boshlanadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 13:38
Bugun Monakoda Yevropa ligasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Ular to‘rt savatga bo‘lingan.

Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 ta o‘z maydonida, 4 tasi mehmonda. Har bir klub uchun 8 ta raqib tanlanadi (har bir savatchadan 2 tadan).

Umumiy jadvalda 36 ta klubning barchasi joy olgan. Dastlabki 8 o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 bosqichga chiqadi. 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar juftlik pley-off bosqichida o‘ynaydi. 25-o‘rindan 36-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar uchun Yevropa mavsumi yakunlanadi.

Yakuniy taqvim va o‘yinlarning boshlanish vaqtlari keyinroq - 31 avgust kuni e’lon qilinadi.
1-savatcha: «Roma», «Manchester Yunayted», «Portu», «Ayaks», «Reyndjers», «Ayntraxt», «Lasio», «Tottenxem», «Slaviya» Praga;
2-savatcha: «Real Sosyedad», AZ, «Olimpiakos», «Lion», «Fenerbaxche», «Braga», PAOK, «Makkabi» Tel-Aviv, «Ferensvarosh»;
3-savatcha: «Karabax», «Galatasaray», «Bude-Glimt», «Viktoriya» Plzen, «Yunion», «Dinamo» Kiyev, «Ludogores», «Midtyulland», «Malme»;
4-savatcha: «Atletik», «Xoffenxaym», «Nissa», «Anderlext», «Tvente», «Beshiktash», FKSB, RFSH, «Elfsborg».

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati