Mbappe Realning qaroriga qarshi borishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 13:24
Hujumchi Kilian Mbappe Millatlar ligasining sentyabr oyidagi o‘yinlari uchun Fransiya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Shu bilan birga, matbuotda "Real" Mbappeni yig‘inga chaqirmaslikni so‘ragani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, chunki, Madridliklar forvardning dam olishini xohlashdi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jurnalistlarga Mbappe o‘z iltimosiga ko‘ra jamoaga chaqirilganini aytdi.

"Men Mbappeni yaxshi holatda ko‘rmoqdaman. U shu yerda va bu uning tanlovi", - dedi Desham.

Vaziyatdan kelib chiqqan holda, Kilian Mbappe "Real"ning qaroriga qarshi borishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi kelasi oy Italiya (6 sentyabr) va Belgiya (9 sentyabr)ga qarshi maydonga tushadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati