• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Germaniya Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan beri birinchi marta 28 afg‘onni mamlakatdan deportasiya qildi

Germaniya Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan beri birinchi marta 28 afg‘onni mamlakatdan deportasiya qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 13:20

Bu haqda Der Spiegel va Bild yozmoqda. Bir necha oy davom etgan maxfiy muzokaralardan so‘ng Germaniya hukumati Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan beri ilk bor afg‘on fuqarolarini o‘z vatanlariga deportasiya qilishga ruxsat berdi.

Der Spiegel nashrining yozishicha, Qatar Airways samolyoti bugun ertalab soat 7 da Leypsigdan Kobulga uchgan. Boeing 787 bortida Germaniyaning turli shtatlaridan Leypsigga olib kelingan 28 nafar afg‘on jinoyatchisi bo‘lgan. Ular nimada ayblangani noma’lum.

«Bugun ertalab Germaniya 2021 yil avgustidan beri birinchi marta afg‘on fuqarolarini o‘z vataniga qaytardi. Bular Afg‘oniston fuqarolari bo‘lib, ularning barchasi Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lmagan jinoyatchilar bo‘lib, chiqarib yuborilishi kerak edi», — dedi Germaniya hukumati so‘zlovchisi Shteffen Xebstreyt.

Spiegel nashriga ko‘ra, Germaniya hukumati Tolibon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormagan, ammo yordam so‘rab Qatarga murojaat qilgan.

Germaniya Afg‘onistonga deportasiyani 2021 yil yozida Tolibon hokimiyatni qo‘lga olishidan biroz oldin to‘xtatgan edi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat «halokatli», adliya tizimi esa «o‘zboshimchalik» dir, deb yozadi jurnalistlar.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati