• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zgalarning telegramiga zararli havola jo‘natib, pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

O‘zgalarning telegramiga zararli havola jo‘natib, pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 13:06
Buxoro viloyatida yashovchi 44 yoshli ayol S.M. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.360.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi B.B. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi B.B.internet foydalanuvchilariga teleram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib kelgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi S.M.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi 1.360.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. ——— Mazkur holat yuzasidan B.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. ————








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati