• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatsiz qazib olganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatsiz qazib olganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 13:02
Respublikamizda yer qa’ri uchastkalarida oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni qazib olishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi holati Senatning nazoratiga olinib, bu borda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan 2023 yil davomida viloyatlarda o‘rganishlar olib borilgandi.

O‘rganishlar davomida qonunlar ijrosida qator kamchiliklarga va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Jumladan, oltin va qimmatbaho metallarni qonuniy qazib olishning afzalliklari yuzasidan vakolatli organlar tomonidan targ‘ibot ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi natijasida Toshkent, Namangan, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida aholi tomonidan ochiq maydonlarda oltin va qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olish holatlari yildan-yilga ko‘paygani aniqlangan edi.

Ayniqsa, ochiq maydonlarda qazib olish ishlari jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilmaganligi oqibatida 2021–2022 va 2023 yillarda qariyb 30 nafar fuqaro is gazidan yoki qum va tosh bosib qolib, vafot etgan.

O‘z navbatida, mazkur masala qo‘mitaning 2023 yil 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan qo‘mita majlisida ham alohida muhokama qilingan. Mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlari eshitilgan edi.

Qo‘mita tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga qator takliflar ilgari surilgandi.
Xususan, kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tegishli idoralararo «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, uni ijrosi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish, yer qa’ri uchastkalarida oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni qazib olishda amaldagi qonunchilik hujjatlarini jumladan, amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslaridagi tegishli javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqib, ularni takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
Shundan so‘ng qarorda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yerni va yer osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, hukumat orqali Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritilgan.
Kuni kecha mazkur Qonun Senatning 56-yalpi majlisida qo‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Endilikda, qonun bilan yer qa’ri uchastkalarida oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni qazib olishda qonunchilik hujjatlariga rioya etmaslik holatlari kamayishi ko‘zda tutilmoqda. Chunki, qonun bilan bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati