Telegram «juda katta onlayn platformalar» chegarasidan oshib ketgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 12:40

Bryussel Telegram`ning foydalanuvchilar soni to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining yangi qoidalarini buzish ehtimoli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

Huquqiy ekspertlar messenjer 45 million foydalanuvchi chegarasidan past bo‘lib qolish uchun Yevropa Ittifoqidagi mavjudligi hajmini kamaytirgan, deb gumon qilmoqda. Ushbu chegaradan yuqori kompaniyalar strategik onlayn platformalar hisoblanadi va Yevropa Ittifoqining qat’iy qoidalariga bo‘ysunadi.

✍️ Fevral oyida Telegram Yevropa Ittifoqida 41 million foydalanuvchisi borligi haqida xabar bergan edi. Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, Telegram shu oyda yangilangan raqamni taqdim qilishi kerak edi, biroq buni aniq raqamlarsiz amalga oshirmadi va faqatgina «Evropa Ittifoqida o‘rtacha oylik faol foydalanuvchilari 45 milliondan sezilarli darajada kam» ekanini aytdi.

Evropa Ittifoqining ikki amaldori yangi ma’lumotlarni taqdim etmaslik DSA qoidalarini buzish deb hisoblanganini aytdi va Yevropa Ittifoqi tekshiruvi foydalanuvchilar sonining «juda katta onlayn platformalar» chegarasidan oshib ketganini ko‘rsatishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

❕ Bunday belgilash qoidalarga rioya qilish va kontentni moderasiya qilish, uchinchi tomon tekshiruvlari va Yevropa Komissiyasi bilan majburiy ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha katta majburiyatlarni talab qiladi, deb yozadi FT.
Evropa Ittifoqi tergovi Fransiyadagi keng ko‘lamli tergov bilan parallel ravishda olib borilmoqda. Parijdagi tergovchilar messenjer asoschisi Pavel Durovni shifrlash kalitlarini shirkat razvedka xizmatlariga berishdan bosh tortgani sababli jinoiy faoliyatga sheriklikda ayblamoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati