Qirg‘iziston O‘zbekiston va Eronga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasini e’lon qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 11:32
Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasining Jahon chempionati saralashida Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalariga qarshi o‘yinlarga chaqirilgan futbolchilari ro‘yxati aniq bo‘ldi.



Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston uchinchi bosqichda birinchi o‘yinni 5 sentyabr kuni Toshkentda KXDR ga qarshi o‘tkazsa, keyingi turni 10 sentyabr kuni Bishkekda Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yinlar O‘zbekiston vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Jamoada eng qimmat o‘yinchilari:

Guljigit Alikulov (€700 ming), keyingi o‘rinda markaziy himoyachi - Kozubayev Tamerlan (€500 ming), undan keyin bizga tanish o‘yinchilar - Valeriy Kichin, Joel Kojo va Galatasaray U19 da o‘ynovchi Beknaz Almazbekov (hammasi €450 ming).

Qirg‘iz Respublikasining oxirgi o‘yinlaridagi natijalari:
1. Oman - Qirg‘iz Respublikasi (11.06.2024)Hisob: 1-1
2. Qirg‘iz Respublikasi - Malayziya (06.06.2024)Hisob: 1-1
3. Qirg‘iz Respublikasi - Xitoy Taypey (26.03.2024)Hisob: 5-1
4. Xitoy Taypey - Qirg‘iz Respublikasi( 21.03.2024)Hisob: 0-2

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati