A Seriya klubi De Rossini bosh murabbiy qilmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 04:24
"Fiorentina" Daniele de Rossiga bosh murabbiy lavozimini taklif qilishga tayyor.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, "Fiorentina" "Roma" bosh murabbiyi Daniele de Rossini Vinchenso Italyano o‘rniga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Har ikki murabbiyning ham shartnomasi shu yozda tugaydi.

Biroq, 40 yoshli italiyalik "Roma"ni tark etish niyatida emas va "binafsharanglar" rahbariyati bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga qaramay, Rim klubi bilan yangi shartnomaga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, de Rossi shu yilning yanvar oyida Joze Mourinyo o‘rniga bosh murabbiy bo‘lgandi. Uning qo‘l ostida “bo‘rilar” 13 ta o‘yin o‘tkazgan, shundan 9 tasida g‘alaba, ikkitasida durang va yana ikkitasida mag‘lubiyat bilan yakunlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati