Bugun ish kuni to‘liq bo‘ladi, qisqartirilgan emas!

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 11:16
Ayrim manbalar bugun xodimlar 1 soat oldin uyga ketishga qonuniy haqqi borligini yozishibdi. Bu noto‘g‘ri.

Bugun to‘liq ish kuni bo‘ladi, qisqartirilgan emas. Sababi Mehnat kodeksining 187-moddasida ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi, deb belgilangan. «Arafasi» deganda qachon nazarda tutilganiga shu moddaning ikkinchi bandida izoh berilgan: «bayramdan oldingi kuni».

Xulosa:

ish vaqti 1 soatga qisqarishi uchun ish kunining ertasi kunida ishlanmaydigan bayram kuni bo‘lishi kerak. Odatiy yoki qo‘shimcha berilgan dam olish kunlari hisob emas.

Ertaga — 31 avgust. Hech qanaqa bayram kuni emas.

Bizda Mustaqillik bayrami rasman 1-sentyabrga belgilangan. Demak, shundan bir kun avval, ya’ni faqat 31 avgust kunida ish vaqti 1 soatga qisqartirilishi mumkin xolos. 30 avgustda ish vaqti qisqartirilmaydi.
Ma’lumot uchun: ertaga — shanba kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish, 6 kunliklar uchun esa qo‘shimcha dam olish kuni. Ya’ni barcha xodimlarga (navbatchilikda turadiganlar, smenali yoki vaxta rejimida ishlaydiganlardan tashqari) rasman dam olish kuni. Ammo ertaga rasmiy bayram kuni bo‘lmagani uchun bugun to‘liq ishlanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati