O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 11:04
Keysuke Minami 1985 yilda Tokio shahrida tug‘ilgan. Yaponiyaning mashhur Vaseda universiteti bitiruvchisi. Bir qancha yapon kino va seriallarida bosh rollarni ijro etgan. Yaponiyaning eng mashhur sayyohlik ko‘rsatuvi – «Asada! Namadesu tabi sarada»ning asosiy boshlovchilaridan biri sifatida faoliyat olib boryapti. Shuningdek, u «Jahon tarixiy merosi» master sertifikatiga ega bo‘lib, «Jahon merosi akademiyasi» (World Heritage Academy) lektori sifatida ishlaydi.

Yapon aktyori avvalroq O‘zbekistonda bo‘lgan va tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan 5 qismli ko‘rsatuv tayyorlagan.

Keysuke Minami Yaponiyada mamlakatimizning turizm salohiyati va O‘zbekiston turizm brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda yurtimiz salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati