81 yoshli millioner 26 yoshli rossiyalik qizga uylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 11:02
Germaniyalik tadbirkor Alina ismli rossiyalik ayolga uylandi, deya xabar bermoqda Bild. Ma’lum bo‘lishicha, qiz Sankt-Peterburg va Moskvada tahsil olgan.

Xorst-Dieter Esh 1970 yillarda GFRda qurilish mashinasozligi sohasida muvaffaqiyatli biznes yaratgan. U IBH-Holding konsernini tashkil etgan, ammo keyinchalik bankrot bo‘lgan, hatto qamoqqa ham tushgan. 1980 yillarda u AQShga ko‘chib ketib, u yerda Nyu Yorkda Wilhelmina International modellik agentligini tashkil etgan. Uning biznes hamkorlaridan biri Donald Tramp bo‘lgan. So‘nggi paytlarda Esh Meksikada istiqomat qilmoqda. Meksikada u hashamatli ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullangan, ammo hozir nafaqaga chiqqan.

Yoshligida nemis tadbirkori Yugoslaviyadan kelgan qizga uylanadi va 1971 yilda Natasha ismli qizli bo‘ladi. Ammo tez orada er-xotin ajrashishadi. Yaqinda tadbirkor Alina ismli rossiyalik ayolga uylandi. May oyida Horst-Diter va Alinaning Marselina ismli qizi dunyoga kelgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati