Jigo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 10:44
Fransiyaning “Marsel” klubi himoyachisi, avvalroq Moskvaning “Spartak” klubida o‘ynagan Samuel Jigo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Juliyen Fromentning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, futbolchi Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubining asosiy nishoniga aylangan. Qayd etilishicha, kelishuv yaqin 24 soat ichida yakunlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jigo 2018 yildan 2022 yilgacha "Spartak" safida to‘p tepgan. Bu davrda markaziy himoyachi barcha turnirlarda 110 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati