Dam olish kunlari Toshkent metrosining ish tartibi ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 10:38
2024 yil 31 avgust va 1 sentyabr kunlarida metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib boradi.

2—3 sentyabr kunlari esa metro poyezdlari dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi. 3 sentyabr, seshanba ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

1 sentyabr — O‘zbekiston mustaqilligi kuni 2024 yilda yakshanba — dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2 sentyabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi. 31 avgust, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati