Namanganda qasddan odam o‘ldirib, yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 09:50
Namangan viloyatida qasddan odam o‘ldirib, ichki ishlar xodimlaridan yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shermat Jo‘rayev 1964 yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismida (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgani uchun qidirilmoqda.

Ushbu shaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati