• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash tartibi osonlashadi(mi?)

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash tartibi osonlashadi(mi?)

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 09:22
Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash tartibining osonlashuvi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar bir zumda haydovchilarni qiziqtirib qo‘ydi.

Ayrimlarda ushbu onlayn murojaat orqali jarimalar bilan bog‘liq muammolarni ham bilish yoki hal qilish mumkinmi, – degan savollar yuzaga kelmoqda.

— Mazkur xizmatga qiziqish bildirgan fuqarolar, avvalo, my.gov.uz portaliga kirishi yoki uning mobil ilovasini yuklab olishi kerak. Keyin qidiruv satriga "jarima" so‘zi yozilsa, “Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” xizmati oson topiladi. So‘ralgan va e’tirozni asoslovchi ma’lumotlarni kiritgandan so‘ng, yuborish tugmasi bosiladi.

Shu o‘rinda fuqarolarimizga xizmatdan foydalanishda jarima to‘g‘risidagi qaror raqamini to‘g‘ri kiritishlarini so‘raymiz. Chunki qaror raqami – bu sizning ma’muriy huquqbuzarlik holatingizni aniqlashda yagona identifikatordir. Agar siz raqamni noto‘g‘ri kiritsangiz, tizim shikoyatingizni tegishli ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi va u rad etiladi. Qaror raqamlari bo‘yicha namunalarni ham keltirib o‘tamiz: RA12345678901, RR12345678901, RB12345678901, ST12345678901, MB12345678901.

Xizmatni ishga tushirishdan maqsad noto‘g‘ri shakllangan qarorlar haqida tegishli organga xabar berishdan iborat. Misol uchun, avtomobil raqami aslida menga tegishli, lekin tasvirga boshqasi tushib qolgan bo‘lishi mumkin. Yoki sizga tegishli bo‘lmagan avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan qarorlar, aytaylik, reyd tadbirlarida sizga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar (ishonchnoma, "tonirovka" va boshqalar) YHXX planshetida aks etmaganligi sababli rasmiylashtirilgan bayonnomalar va hokazolar yuzasidan murojaat yo‘llashingiz mumkin.

Jarimalar bilan bog‘liq holatlar, ya’ni jarima miqdorini kamaytirish, chiqarilgan qarorni bekor qilish esa Sud tizimi vakolatiga kiradi — deydi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bo‘lim boshlig‘i Javdat Ahmedjanov.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati