Fransiya Serbiyadan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni so‘radi. Serbiya esa...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 02:46
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishiga umid bildirdi. Biroq Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bunday bo‘lmasligini va Serbiya o‘z pozisiyasidan voz kechmasligini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

29-30 avgust kunlari Belgradga tashrifi oldidan Makron Serbiya va butun Yevropa uchun Rossiyaga qarshi birlashgan front muhimligini ta’kidladi.

Vuchich Belgraddagi Serbiya hukumati palatasi majmuasida Makron bilan tantanali uchrashuv o‘tkazdi, shundan so‘ng muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

«Bilaman, Emmanuel bizdan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishimizni xohlaydi. Lekin biz buni qilmadik va qilmoqchi ham emasmiz», dedi Serbiya rahbari qo‘shma matbuot anjumanida.

U o‘z xalqiga hisobot berib qaror qabul qilishini qo‘shimcha qildi.

«Biz Ukrainaga qarshi harakat qilmadik. Uning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz, BMT Nizomini hurmat qilamiz va ukrainaliklarni do‘st xalq deb bilamiz. Serbiya boshqa barcha Bolqon davlatlaridan 20 marta ko‘proq gumanitar yordam ko‘rsatdi», - dedi Vuchich.
Shu bilan birga, Serbiya Fransiya bilan umumiy qiymati 2,7 milliard yevro bo‘lgan 12 ta yangi "Rafale" qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati