Rossiya BMT G‘azodagi faoliyatini to‘xtatishidan xavotirda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 02:36
Rossiya BMTning G‘azo sektoridagi faoliyati to‘xtatilishi ehtimolidan nihoyatda xavotirda. Mamlakat BMT Xavfsizlik Kengashi «ushbu ssenariyni bartaraf etish uchun hamma narsani qilishi» kerakligiga ishonchi komil, dedi Rossiya Federasiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy.

Hafta boshida BMTning yuqori martabali rasmiysi jurnalistlarga Isroilning Dayr al-Baloh shahrining ayrim qismlarini evakuasiya qilish haqidagi yangi buyrug‘i fonida jahon tashkiloti G‘azodagi gumanitar operasiyalarni davom ettira olmasligini aytdi. Biroq, tashkilot faoliyati rasman to‘xtatilmagan. Shuningdek, BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (FAO) isroillik harbiylar gumanitar tashkilot mashinasini o‘qqa tutgach, o‘z xodimlarining anklavda harakatlanishi to‘xtatilganini e’lon qildi.

«Biz G‘azo sektoridagi BMT faoliyati to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarning paydo bo‘lishidan juda xavotirdamiz. Kengash ushbu ssenariyni istisno qilish uchun hamma narsani qilishi kerak, ba’zi isroillik siyosatchilar bundan manfaatdor», dedi Polyanskiy BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati