Rossiya BMT G‘azodagi faoliyatini to‘xtatishidan xavotirda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-08-2024, 02:36
Hafta boshida BMTning yuqori martabali rasmiysi jurnalistlarga Isroilning Dayr al-Baloh shahrining ayrim qismlarini evakuasiya qilish haqidagi yangi buyrug‘i fonida jahon tashkiloti G‘azodagi gumanitar operasiyalarni davom ettira olmasligini aytdi. Biroq, tashkilot faoliyati rasman to‘xtatilmagan. Shuningdek, BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (FAO) isroillik harbiylar gumanitar tashkilot mashinasini o‘qqa tutgach, o‘z xodimlarining anklavda harakatlanishi to‘xtatilganini e’lon qildi.
«Biz G‘azo sektoridagi BMT faoliyati to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarning paydo bo‘lishidan juda xavotirdamiz. Kengash ushbu ssenariyni istisno qilish uchun hamma narsani qilishi kerak, ba’zi isroillik siyosatchilar bundan manfaatdor», dedi Polyanskiy BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.