Makron Durovning Fransiyaga kelishini bilarmidi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-08-2024, 01:22
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron telegram asoschisi Pavel Durovning Parijga kelganidan xabari yo‘qligini aytdi. Ularning uchrashuvi rejalashtirilgan emas edi.

Bu haqda Fransiya rahbari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan Belgradda o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Makron, shuningdek, Durovni Parijga taklif qilgani haqidagi xabarlarni ham rad etdi. «Men janob Durov bilan o‘tgan hafta oxirida ham, yaqin kunlarda ham uchrashmoqchi emasdim», dedi siyosatchi.

Avvalroq Emmanuel Makron Pavel Durov davom etayotgan sud tergovi doirasida hibsga olingani va bu qaror siyosiy emasligini aytgan edi.

28 avgust kuni Parij sudi Pavel Durovga olti modda bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Ularga ko‘ra, tadbirkor 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Durovga Fransiyani tark etish taqiqlangan, u ma’lum bir manzilda yashashi va haftasiga ikki marta polisiyaga xabar berishi shart.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati