• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Yo‘l harakati qoidabuzarligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarorlar ustidan onlayn shikoyat qilish imkoni yaratildi

Yo‘l harakati qoidabuzarligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarorlar ustidan onlayn shikoyat qilish imkoni yaratildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 23:22
Vazirlar Mahkamasining 5 iyuldagi qaroriga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish tartibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda my.gov.uz portalida «Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar haqida murojaat yuborish» xizmati ishga tushirildi.

Ushbu xizmat jismoniy va yuridik shaxslarga 10 kun muddatda bepul ko‘rsatiladi. Buning uchun e’tirozni asoslovchi ma’lumotlarni kiritish va yuborish tugmasini bosish kifoya.

Raqamli texnologiyalar vazirligiga ko‘ra, mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1 sentyabrdan to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati