• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Namanganda soxta havola yuborish orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan firibgar qo‘lga olindi

Namanganda soxta havola yuborish orqali fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan firibgar qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 23:12
Namangan viloyatida yashovchi 28 yoshli ayol R.N. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 12.750.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi T.J. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi T.J.internet foydalanuvchilariga teleram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib kelgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi R.N.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi 12.750.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan T.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati